Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
PREZIDENT FARMONI DOIRASIDA NAZORAT-TAHLIL ISHLARI O‘TKAZILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MUHIM MASALALAR KO‘RILDI.
янв.21
NURONIYLARGA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Vobkentda "Ko'lxatib g'isht" korxonasi kuniga 10 ming dona g‘isht ishlab chiqarmoqda.
янв.21
O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari Birlashgan Millatlar Tashkiloti e’tirofida
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHIDA SOHAGA OID USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.
янв.21
Халк депутатлари Вобкент туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гурухининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
#Jamoatchilik_oʻrganishi
янв.21
Устувор йўналишлар белгилаб олинди
янв.21
HUDUDDAGI “KICHIK SANOAT” ZONASI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI.
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MUHIM MASALALAR KO‘RILDI.

Hisobot davrida jami 32 789 ta iste’molchilar mavjud bo‘lib, shundan, 20129 ta iste’molchilar tabiiy gaz va 12477 ta suyultirilgan gaz bilan aholi xonadonlari hamda 183 ta tabiiy gazdan foydalanuvchi ulgurji iste’molchilar ta’minlanib kelindi.

Tumanda energiya resurslarini tejash bo‘yicha ishlab chiqilgan tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarilishini tashkil etish hamda tabiiy gazni iqtisod qilish maqsadida 2025 yilda gaz ta’minotini uch bosqichli tizimdan ikki bosqichli tizimga modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 2025 yil I yarim yilligi davomida aholi xonadonlariga jami 976 dona regulyator (o‘rta bosimli gaz maromlash qurilmasi) o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 645 ta xonadonga o‘rnatildi.

- joriy yilning 1 iyul kuniga qadar 104 ta regulyator o‘rnatish ishlari yakunlanadi;

- uch bosqichli tizimdan ikki bosqichli tizimga o‘tkazish jarayonida “Vobkenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi balansida bo‘lgan 27 ta gaz taqsimlash punktlari demontaj qilinib, buning natijasida gaz tarmoqlari va undagi inshootlarda texnologik yo‘qotishlar hajmining qisqarishiga erishildi;

- 177 ta gaz maromlash punkti texnik taftish qilindi;

- 11,5 km uzunlikdagi gaz quvurlari belgilangan tartibda bo‘yoqlandi;

- 20,1 km uzunlikdagi yer osti gaz quvurlarini estetik jihatdan tartibga keltirib aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilindi va ko‘rikdan o‘tkazildi;

2025 yilning II chorak mobaynida tumanda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10 foizi ya’ni 752,0 mln.so‘m bo‘lgan mablag‘lar mahalla fuqarolar yig‘inlarini o‘zlarining maxsus hisob-raqamlariga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 apreldagi “Tuman va shahar byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-197-sonli hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 30 yanvardagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida 2025 yil II chorak yakunlari bo‘yicha “Fuqarolar tashabbusli” jamg‘armasiga jami 20 520,5 mln.so‘m mablag‘ shakllantirildi.

Jumladan, Vobkent tumanida “Fuqarolar tashabbusli” jamg‘armasiga yil boshiga 666,1 mln.so‘m qoldiq mablag‘lar tashkil etib, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 apreldagi PQ-5072-sonli qaroriga asosan tumanning 2025 yilgi tasdiqlangan mahalliy byudjet xarajatlari kamida 5 foizi etib belgilangan bo‘lib, ushbu mablag‘lar hisobidan jami bugungi kunga qadar 17 773,0 mln.so‘m, yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘larning 30 foizi ya’ni 931,0 mln.so‘m, 2024 yilgi mavsumda g‘olib loyihalardan iqtisod qilingan mablag‘larni qaytarilishi hisobidan 1146,4 mln.so‘m hamda tuman mahalliy byudjet daromadlari hisobidan 4,0 mln.so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.

Tumanda “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib deb topilgan 11 ta loyihalarni amalga oshirish maqsadida buyurtmachi tashkilotlariga jami 15 418,6 mln.so‘m mablag‘ o‘tkazib berilib, natijada bugungi kunda ushbu jamg‘armada jami 5101,8 mln.so‘m qoldiq mablag‘larni tashkil etmoqda.

Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bir qator fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirib oʻtishdi. Mazkur masalalalar tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan. 

Slide 1 of 4