Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HUDUDDAGI “KICHIK SANOAT” ZONASI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI.
янв.21
Mahallaning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolari ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Deputatlar Vobkent tumanida: namunali Kengash tajribasi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati – Surxandaryo deputatlari e’tiborida
янв.21
Mahalliy Kengashlarning byudjet mablag‘larini nazorat qilish faoliyati takomillashtirilmoqda.
янв.21
KENGASHDA YOSHLAR SO‘ZI
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATINI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI TASDIQLANDI.
янв.21
Мақсад - жамият ва давлат ҳаётининг муҳим масалаларини ҳал этишда маҳаллий Кенгашларнинг ролини ошириш.
янв.21
Deputat ko‘magi bilan muhtoj oilaning uyi tiklandi
Fuqarolar muammolari tinglanmoqda: Payariqda navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.Jabborov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan ushbu tadbirda fuqarolarning ijtimoiy, huquqiy, kommunal-maishiy yo‘nalishlardagi muammo va takliflari tinglandi.

Qabul davomida aholining turmush sharoitini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy yordam, ish bilan ta’minlash kabi masalalar ko‘tarildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunchilikdagi ayrim o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirishlar so‘raldi.

Murojaatlar e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Yechimini talab qiladigan holatlar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Tuman Kengashi raisi I.Jabborov bunday uchrashuvlar aholining muammolarini bevosita eshitish va ularni hal etish yo‘lida muhim platforma ekanini ta’kidlab, qabul doirasida ko‘tarilgan har bir masala e’tibordan chetda qolmasligini bildirdi.

Shu kabi qabullar muntazam o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari asosida aniq natijalar sari harakat qilinmoqda. 

Slide 1 of 2