O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi
yillarda yangi bosqichda
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi
yillarda yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu do‘stona munosabatlar ikki davlat prezidentlarining
siyosiy irodasi, o‘zaro ishonch va mushtarak manfaatlarga asoslangan.
Birinchidan, ikki mamlakatni umumiy tarixiy ildizlar, til
va madaniyat bog‘lab turadi. Bu yaqinlik xalqlar o‘rtasida ham o‘zaro hamjihatlikni
mustahkamlaydi.
Ikkinchidan, iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga chiqqan.
Ayniqsa, transport, logistika, energetika va sanoat sohalarida qo‘shma loyihalar
amalga oshirilmoqda. Ozarbayjon — O‘zbekiston uchun Kavkaz
orqali Yevropaga chiqish yo‘lida muhim hamkor hisoblanadi.
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi deputati,
O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi R.Allaberganov