Uchrashuv jarayonida deputatlar mahalla yettiligi – rais, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliqchi va hokim yordamchisining hududdagi aholi muammolarini hal etish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoya va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi hamkorlikdagi ishlari, erishilgan natijalari va mavjud muammolari yuzasidan ma’lumot oldilar.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – hududlarda mahalla tizimi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, Surxandaryo viloyatida ham ushbu tajribalarni joriy etish yo‘llarini o‘rganish, deputatlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvini kuchaytirishdan iboratdir.
Delegatsiya a’zolari mahalla yettiligining har bir yo‘nalishdagi ishlari bilan tanishar ekan, aholiga yaqinlashish va ularning ehtiyojlarini o‘rganishda bunday yagona jamoaviy yondashuvning ahamiyatini alohida ta’kidlashdi.