Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashi raisi - tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev "Sho'rkul" mahallasidagi 3 va 10-sonli maktablarda bo‘lib, ta‘lim muassasalarida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
Xususan, sinfxonalarini joriy ta'mirlash, "Dolzarb 90 kun" tadbirlari, o'quvchilarni kasbga yo'naltirish, maktab binosi atrofidagi ekin yerlari holati, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarining amalga oshirilganligi ko'zdan kechirildi.
Shuningdek, tuman rahbari tomonidan ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, ta'lim maskanida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.