O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi "Kambag‘allidan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-330-sonli hamda Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2024-yil 26-dekabr kunidagi VII-4-023-2-0-K/24-sonli va tuman Kengashining VII-5-023-2-33-K/24-sonli qarorlariga asosan tuman Kengashi deputati M.Mustafoyev Vobkent tumanidagi “Rozmoz” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, dastur doirasida o‘rganishlar olib bordi. “Rozmoz” MFYda aholini tomorqa yerlaridan samarali foydalanishi uchun suv taьminotini yaxshilash maqsadida 1,5 km uzunlikdagi loyiha qiymati 1,0 mlrd.so‘mlik ariqlar betonlashtirilgan.