🏟 Mash’al mahallasida sport inshootlari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan Mash’al mahallasida aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun barpo etilayotgan sport inshootlarining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport inshootlarining qurilish jarayoni, yaratilayotgan sharoitlar hamda aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun mavjud imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
Yoshlar va bolalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ommaviy sportni rivojlantirishda ushbu inshootlarning ahamiyati ko‘rib chiqildi.
Mazkur sport maskanlarining sifatli barpo etilishi va aholi uchun qulay sharoitlar yaratilishi mahallada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!