19¹-modda ijrosi: Uzun tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasiga asosan, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Kamolov tomonidan muhim o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayoni Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq tashkil etildi.
Xususan, ushbu jarayonda "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari doimiy komissiyalarining faoliyati to‘g‘risida"gi qonunchilik hujjatlari, jumladan, mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligini ta'minlash hamda hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan ta'sirchan deputatlik nazoratini o‘rnatishni belgilovchi 19¹-modda talablariga qat'iy rioya etilishiga alohida e'tibor qaratildi.