Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: Uzun tumanida ehtiyojmand oilalar farzandlariga o'quv qurollari topshirildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova deputatlik faoliyati doirasida biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda 1-O'zbekiston saylov okrugida amaliy xayrli ishga qo'l urdi.
Jarayon davomida Navro'z mahalla fuqarolar yig'inida Nuroniylar jamg'armasi vakili ishtirokida kambag'allik reestrida ro'yxatda turuvchi oilalarning farzandlariga zarur o'quv qurollari va maktab jihozlari tantanali ravishda taqdim etildi.
Mazkur tashabbus yosh avlodning sifatli ta'lim olishini qo'llab-quvvatlash, oilalarga ijtimoiy ko'mak ko'rsatish hamda hududda jamoatchilik nazorati va hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.