O‘rganish davomida 102 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgani aniqlandi:
1-toifa: ishsiz — 33 nafar;
2-toifa: kredit olish istagida — 2 nafar;
3-toifa: uy-joy ta’miriga muhtoj — 2 nafar;
4-toifa: tibbiy va psixologik yordamga muhtoj — 54 nafar;
5-toifa: huquqiy yordamga muhtoj — 13 nafar.
O‘rganish yakunida xotin-qizlarning muammolarini manzilli hal etish, zarur yordam va ko‘mak bilan qamrab olish hamda murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va muammolariga amaliy yechim topish masalalari e’tiborda.