«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 4-Mehnat saylov okrugidan saylangan deputat M.Mamurjonova o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Ittifoq» mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, xususan, y yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar bilan ishlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va mavjud muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.