Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining samaradorligini oshirish, belgilangan 24 ta ustuvor tavsiyalar ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova tumandagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, jarayonlarni yaqindan o‘rgandi.
O‘rganish davomida muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi hamda ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, MTTda tashkil etilgan to‘garaklar, qish mavsumiga tayyorgarlik holati va oshxonadagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish tartibi qat’iy nazoratga olindi.