Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tuman kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
🔵 DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI
янв.21
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
OROLBOʻYINING MUSTAHKAM IQTISODIY POYDEVORI VA AHOLI FAROVOONLIGI YOʻLIDA MUHIM QADAM

🔴 Oʻzbekiston “Adolat” SDPdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Urazbayev Mansur Axmadjanovichning DEPUTATLIK MUNOSABATI

😎 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga navbatdagi tashrifi hamda yangi yirik loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimi hudud iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy rivojida mutlaqo yangi davrni boshlab berdi.

❤️ Orolboʻyi mintaqasini har taraflama qoʻllab-quvvatlash, aholi turmush darajasini oshirish va barqaror ish oʻrinlarini yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Buni raqamlar ham yaqqol tasdiqlaydi: Qoraqalpogʻistonning yalpi hududiy mahsuloti 2016-yildagi 8,5 trillion soʻmdan joriy yil boshida 54 trillion soʻmdan oshgani, xususiy sektorning ulushi 66 foizga yetgani amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasidir.

💵 Marosim doirasida umumiy qiymati 592 million dollarlik 11 ta loyihaning ishga tushirilgani hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berilgani Orolboʻyi kelajagiga kiritilgan ulkan sarmoyadir. Ushbu loyihalar hisobiga 8 mingta yuqori daromadli yangi ish oʻrinlari yaratilishi hududiy bandlik masalasini tizimli hal etishga xizmat qiladi.

⭕️Oʻzbekiston “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasining "Teng imkoniyatlar va ijtimoiy adolat" degan ezgu gʻoyalaridan kelib chiqqan holda, ushbu loyihalar majmuasida inson qadri, uning salomatligi, munosib mehnat sharoitlari va farovonligi birlamchi oʻringa qoʻyilganini alohida taʼkidlash joiz:

📈 Infratuzilma va zamonaviy xizmatlar: Tumanimiz — Amudaryo tumanida qiymati 15 million dollar boʻlgan zamonaviy yirik savdo markazining tashkil etilishi hududimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshishi bilan birga, aholimizga zamonaviy xizmat koʻrsatish darajasini oshiradi va yangi ish oʻrinlarini yaratadi.

↗️ Ijtimoiy soha va salomatlik: Nukus shahrida Shayx Xalifa nomidagi 100 oʻrinli zamonaviy shifoxonaning ishga tushirilishi, hindistonlik hamkorlar bilan tibbiyot fanlari universiteti va yuqori texnologiyali tibbiy yordam shifoxonasining tashkil etilishi aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini tubdan yaxshilaydi.
"Yashil" energetika va ekologiya: Qoraoʻzak hamda Qoʻngʻirot tumanlarida barpo etilayotgan muqobil energiya manbalari va Nukus shahrida chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari hudud ekologiyasini muhofaza qilish va barqaror energiyani taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.

Taʼlim va raqamli kelajak: Taxiatosh va Taxtakoʻpir tumanlarida intellektual hisoblash hamda maʼlumotlar markazlarining barpo etilishi yoshlarimiz uchun yuqori texnologik va daromadli ish oʻrinlarini taqdim etadi.

Prezidentimiz oʻz nutqida nuroniylar, olimlar, deputatlar va keng jamoatchilik vakillarini har bir loyiha ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishga chaqirdilar. Bu chorlov biz — xalq vakillari zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaydi.

Oʻzbekiston “Adolat” SDP deputatlik korpusi vakili sifatida Amudaryolik saylovchilarimiz nomidan belgilangan har bir loyihaning oʻz vaqtida, sifatli va shaffof amalga oshirilishi ustidan qatʼiy deputatlik va jamoatchilik nazoratini olib borishga, bu orqali har bir oila va yoshlarimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratishga bor kuch-gʻayratimizni safarbar etamiz.