Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova deputat sifatida "Yangi ro'zg'or" mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Odob-axloq doimiy komissiyasi raisi tashabbusi bilan tuman deputatlari uchun navbatdagi amaliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Yoshlar kelajagi – e'tiborda: Uzun tumanida "Payshanba – yoshlar kuni" doirasida muhim uchrashuv bo'lib o'tdi
янв.21
DEPUTATNING TRANSPORTDA BEPUL YURISH TARTIBI
янв.21
SESSIYA OLDI NAZORAT: Deputat S.Rajabova Navro‘z mahallasida bo‘ldi
Inklyuziv ta’lim uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

#Sessiya_kun_tartibidagi_masala
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati
#nazorat_tahlil #doimiy_komissiya_faoliyati

Inklyuziv ta’lim uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 12-Rabotak saylov okrugidan saylangan deputat M. Juraqulovaning okrugidagi “Rabotak” mahallasida joylashgan 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q. Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish va ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan murojaat xati asosida amalga oshirildi.

Mazkur xatda tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan tumandagi 14 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalarni yakka tartibdagi ta’limdan inklyuziv ta’limga jalb etish maqsadida inklyuziv sinfxonalarni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘tarilgan.
Shu munosabat bilan 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim uchun mavjud sharoitlar, ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlash va jihozlashga ehtiyoj mavjud bo‘lgan xonalar holati hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish imkoniyatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, inklyuziv ta’limni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaxshilash, sinfxonalarni zamonaviy talablarga moslashtirish va nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish natijalari tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi hamda sessiyasida masalani muhokama qilish uchun tegishli ma’lumotlarni shakllantirishda foydalaniladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5