Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova deputat sifatida "Yangi ro'zg'or" mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Odob-axloq doimiy komissiyasi raisi tashabbusi bilan tuman deputatlari uchun navbatdagi amaliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Yoshlar kelajagi – e'tiborda: Uzun tumanida "Payshanba – yoshlar kuni" doirasida muhim uchrashuv bo'lib o'tdi
янв.21
DEPUTATNING TRANSPORTDA BEPUL YURISH TARTIBI
янв.21
SESSIYA OLDI NAZORAT: Deputat S.Rajabova Navro‘z mahallasida bo‘ldi
Fuqaroga imtiyozli kredit ajratish masalasi o‘rganildi

#KQ_35_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

Fuqaroga imtiyozli kredit ajratish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan 9-Gilambob saylov okrugidagi “Xalqobod” mahallasida “Agrobank” xodimi hamda mahalla hokim yordamchisi bilan birgalikda fuqaroga imtiyozli kredit ajratish masalasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqaroning kredit olish bo‘yicha murojaati, mavjud imkoniyatlar hamda imtiyozli kredit ajratish uchun belgilangan talablar muhokama qilindi. Fuqaroga kredit olish tartibi, zarur hujjatlar va mavjud imkoniyatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, murojaatni ijobiy hal etish maqsadida mahalla hokim yordamchisi va bank xodimi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Masala ijrosi yuzasidan tegishli hamkorlik ishlari davom ettirilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3