Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tuman kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
🔵 DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI
янв.21
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#162_qonun

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bahoriston" mahallasida mas’ullar faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va soha mas’ullarining mas’uliyatini oshirish borasida deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 14-Bahoriston saylov okrugidan saylangan deputat S.Jumayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Bahoriston" MFYda bo‘lib, mahalla faoliyatini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandi.

Uchrashuvda "Mahalla yettiligi", patronaj hamshiralari hamda mahalla bankirining amalga oshirgan ishlari va erishilgan ko‘rsatkichlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tahlillar davomida kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" bo‘yicha yordamlar ko‘rsatish, aholiga imtiyozli kreditlar ajratish va tibbiy xatlov ishlarining sifatiga alohida e’tibor qaratildi hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1