Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
Yurtimizda azaldan qadrli bo‘lgan, hamjihatlik va birdamlik ramzi hisoblangan hashar tadbirlari bugun joylarda atrof-muhitni obodonlashtirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratishda muhim o‘rin tutmoqda.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari ham tuman hayotidagi bunday xayrli tashabbuslardan chetda qolmasdan, ijtimoiy faollik ko‘rsatib kelmoqdalar.
Xususan, Kengash deputatlari Uzun tumanining "Qarashiq" mahallasida joylashgan, aholining sevimli maskanlaridan biri bo‘lgan B. Omonov nomidagi istirohat bog‘ida tashkil etilgan ommaviy xasharda g‘ayrat va shijoat bilan ishtirok etdilar.
Eski an’analarni davom ettirgan holda, deputatlar mahalla faollari va yoshlar bilan yelkadosh bo‘lib, bog‘ hududini tartibga keltirish, yashil maydonlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.