Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri O'.Rajabov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Go’zal Samiyeva hamkorlikda Uzun tumanidagi o‘rganishlarni davom ettirdi.
Tashrif doirasida deputat tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda “Chinnigul gulshani” davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.
O‘rganishlar davomida ta’lim tashkilotlarida yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan qulayliklar hamda mavjud masalalar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aniqlangan muammolarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va yechimlar yuzasidan fikr almashildi.