O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Go’zal Samiyeva Uzun tumaniga tashrif buyurdi. Dastlab, Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, Kengashining hududdagi muammolarni o‘rganish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyati muhokama qilindi.
Shuningdek, deputat Yangi kuch mahallasida “yettilik” vakillari bilan uchrashib, mahalladagi mavjud masalalar, aholi bilan ishlash tizimi va hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuvlarda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, muammolarni manzilli hal etish hamda joylarda samarali hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.