Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 22iyun, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Vasila Alimova tomonidan "Atrof-muhitga mehr-muhabbatni shakllantirish" mavzusida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etiladi.
🔍 Mas’ul: M.Yusubov

🗓 23-iyun, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 45-Qo'yliqobod saylov okrugi deputati Sevara Fayziyeva tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tadi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

🗓 24-iyun, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova tomonidan talaba yoshlar bilan "Yoshlarga oid masalalar" yuzasidan uchrashuv o'tkaziladi.
🔍 Mas’ul: J. Gʻulomqodirov

🗓 25-iyun, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova tomonidan Olmazor tumanidagi mahallalarda o'rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 26-iyun, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Mirobod va Mirzo Ulug'bek tumanlaridagi mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1