Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
“Har bir inson farovonligi uchun”

 “Har bir inson farovonligi
uchun”
 

2-oktabr kuni Boysun
tuman 6-musiqa va san’at maktabida
“Har bir inson farovonligi uchun”
shiori ostida O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputatligiga nomzod Mavjuda Hasanovaning saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda barcha nomzodlar, nuroniylar, partiyaning boshlang‘ich tashkilotlari
vakillari va a’zolari, mahalla faollari, partiyaga xayrixoh yoshlar, xotin-qizlar
ishtirok etdi.
Tadbirda nomzod tamonidan
partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar haqida atroflicha
so‘z yuritilib, davlat va jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini
ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga oid ko‘plab taklif va tashabbuslar
ilgari surilgani to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Tadbir davomida partiyaning
saylovoldi dasturida belgilab olingan maqsad va vazifalar to‘g‘risida fikr almashildi.
Bizning maqsadimiz – har
bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini
yaratish, – deydi Mavjuda Hasanova.
Partiya
o‘z dasturiy maqsadlarga erishish yo‘lida keyingi besh yillik uchun 10 ta yo‘nalish
15 ta strategik qadamdan iborat ustuvor vazifalar belgilab olingani ta’kidlandi.
Partiyaning saylovoldi dasturida ko‘rsatib o‘tilgan maqsad va vazifalar targ‘iboti
viloyatning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yurtdoshlarimizni
saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirilmoqda.
 

Slide 1 of 7