Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
25 may kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 28-sessiyasi bo'lib o'tdi.
25 may kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 28-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya ishida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi.
- “Olmazor tajribasi” asosida Kogon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarorning 31-bandi asosida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha Kogon shahrida shakllantirilgan loyihalarning manzilli ro‘yxati to‘g‘risida;

- Shaharda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, atrof muhitning holati haqida;

- Yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

- Kogon shahridagi ta’lim muassasalariga qatnash imkoniyati bo‘lmagan imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlari hamda ularni maxsus adabiyot va qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik holatini Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tomonidan o‘rganish natijalari to‘g‘risida;

- Kogon shahar mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak yakuni bilan shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida;

-Kogon shahrida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning holati to‘g‘risida;

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10 noyabrdagi ““Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 596-sonli qarorining Kogon shahridagi ijrosi to‘g‘risida;

- “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shahrada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2026-yil 1-maydagi VII-27-53-2-208-K/26-sonli qarorining ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 16