35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — yangi imkoniyatlar sari
янв.21
Ijtimoiy himoya - deputat nazoratiga olindi
янв.21
Suyultirilgan gaz ta’minoti – aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini topishda muhim omil
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida korxonadagi mehnat va ekologik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xitoylik investorlar bilan 30 million dollarlik istiqbolli loyiha yuzasidan kelishuvga erishildi
янв.21
Deputat so‘rovlari: faollik va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Ijtimoiy sohadagi muhim masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Oilalarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilmoqda
янв.21
Tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar

Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar

Bugun joylarda aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan maishiy va ijtimoiy muammolarga tezkor hamda samarali yechim topish mahalliy Kengash deputatlarining doimiy e'bor markazida bo‘lib kelmoqda.

Shu munosabat bilan, xalq deputatlari Viloyat Kengashi deputati J.Raxmonov, Kengash raisi S.Qodirov, tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, Kengash mutaxassislari J.Ergashev va O.Nosirov, O‘zbekiston "Adolat" SDP vakili N.Turayev hamda hamkor tashkilot — tuman tibbiyot birlashmasi rahbari A.Xasanovlar birgalikda "Ali Qushchi" mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdilar.

Ochiq muloqot va amaliy hamkorlik
Tashrif doirasida deputatlar va ishchi guruh a'zolari mahalla "yettiligi" hamda "Furqat" va "Katta yo‘l" ko‘chalari oqsoqoli J.Saidov boshchiligidagi mahalla faollari va saylovchilar bilan samimiy, ochiq muloqot o‘tkazishdi.

Uchrashuvda mahallada mavjud infratuzilma holati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, ijtimoiy muhit hamda fuqarolarni tashvishlantirayotgan dozarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Deputatlik so‘rovi natijasi: Suyultirilgan gaz ta'minoti nazoratda.
Ma'lumki, bu kabi uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad shunchaki muloqot qilish emas, balki amaliy natijaga erishishdir.

Ilgariroq hudud fuqarolaridan suyultirilgan gaz ballonlari ta'minotidagi uzilishlar va muammolar yuzasidan murojaat kelib tushgan edi. Ushbu masala bo‘yicha vakolatli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgan va jarayon qat'iy nazoratga olingan edi.

Bugungi tashrif doirasida deputat J.Raxmonov va ishchi guruh a'zolari aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayonini bevosita joyiga chiqqan holda, shaxsan nazorat qildilar. Gaz ballonlarining belgilangan reja-jadval va me'yorlar hamda shaffoflik tamoyillari asosida o‘z vaqtida, sifatli yetkazib berilayotgani ko‘zdan kechirildi.

Ijtimoiy soha obyektlari va yosh avlod ta'lim-tarbiyasi.
Uchrashuv dasturi faqat maishiy masalalar bilan cheklanib qolmadi. Mutasaddilar "Katta yo‘l" ko‘chasida joylashgan xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti (bog‘cha) faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
Ta'lim-tarbiya jarayonlarining sifati va zamonaviy talablarga mosligi;
Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Deputat va mutassaddilar bog‘cha rahbariga bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berib, zarur holatlarda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Xulosa o‘rnida: Bu kabi amaliy muloqot va o‘rganishlar deputatlik nazoratining ta'sirchanligini oshirish hamda xalq bilan muloqotni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Joylardagi o‘rganishlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari izchil davom ettiriladi.

#ish_reja_ijrosi
#deputatlik_so'rovi_natijasi
#24_tavsiya

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  ✅Telegram | 📹YouTube

Slide 1 of 9