35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat so‘rovlari: faollik va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Ijtimoiy sohadagi muhim masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Oilalarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilmoqda
янв.21
Tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan ta’lim muassasalari o‘rganilmoqda
янв.21
Ta’lim uchun qulay muhit zarur - deputatlik nazorati doirasida dastur ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xitoyning “Tzentay tzinszi technology” korxonasi tomonidan 20 million dollarlik yangi loyiha ishga tushiriladi
янв.21
Deputat yangi piyodalar yo‘lagi qurilish jarayonlarini o‘rgandi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan: zamonaviy sharoitlar yaratilayotgan maktab
Deputat so‘rovlari: faollik va natijadorlik tahlil qilindi

 🔹 Yig‘ilishda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026 yilning birinchi yarim yilligida yuborilgan deputat so‘rovlarining ijrosi va natijadorligi masalasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. 

📊 Jumladan, 2026 yilning birinchi yarim yilligida xalq deputatlari tuman Kengashining 25 nafar deputati tomonidan tumandagi davlat idora va tashkilotlar mansabdor shaxslariga jami 76 ta deputat so‘rovi yuborilgan. 

Mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davridagi 28 ta so‘rovga nisbatan 48 taga yoki qariyb 2,7 barobarga oshgan. Yuborilgan deputat so‘rovlarining har biri belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan deputatlarga asoslantirilgan javoblar taqdim etilgan hamda aksariyat masalalar bo‘yicha ijobiy yechimga erishilgan. 

🔹 Deputatlar faolligi ham o‘zaro farq qilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, ayrim deputatlar hududlardagi dolzarb masalalarni hal etishda yuqori faollik namoyon etgan. 

📌 Eng ko‘p deputat so‘rovlari: 

▪️ Axmedov Voxidjon Rustamovich — 9 ta; 

▪️ Dehqonov Muqimjon Mraxmedovich — 9 ta; 

▪️ Suyinboyeva Nilufar Mansurovna — 8 ta; 

▪️ Imomaliyeva Nasibaxon Dadaqo‘ziyevna — 6 ta; 

▪️ Mamadaliyev Xasanboy Axmadaliyevich — 6 ta; 

▪️ Meliqo‘ziyev Narimon Axmadjonovich — 6 ta; 

▪️ Abdurazaqov Dilmurod Abdullayevich — 5 ta; 

▪️ Karimov Umarbek Raximovich — 4 ta; 

▪️ Imomnazarov Komiljon Qosimovich — 3 ta. 

Shuningdek: 

🔹 Begaliyev Bobirjon Muxammadaliyevich, Isaqov Isroiljon Muxammadjonovich, Yo‘ldashova Zamiraxon Valiyevna, Maxkamova Zarifa Valiyevna, Mo‘minov Muxammadvali Xusanovich, Sultonov Ne’matjon Teshaboyevich, Turanov Laziz Nodirovich, Turdaliyev Isroil Yondoshaliyevich — 2 tadan; 

🔹 Abdullayev G‘ayratjon Ibroximjonovich, Muqimov Baxodirjon Nosirovich, Raxmonov Avazbek Abdulxapizovich, Usmonov Lazizjon Odilovich — 1 tadan deputat so‘rovi yuborgan. 

🔹 Yig‘ilishda Kengashning boshqa doimiy komissiyalari raislari va Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari shuningdek, siyosiy partiyalar tuman kengashlari raislari ham ishtirok etib, masala yuzasidan o‘z fikr va munosabatlarini bildirdilar. 

🔹 Muhokama yakunlari bo‘yicha mazkur masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilab olindi hamda doimiy komissiyaning tegishli qarori tasdiqlandi. 

📌 Deputat so‘rovlari sonining qariyb 2,7 barobarga oshishi deputat nazoratining faollashayotganini ko‘rsatadi. Eng muhimi, so‘rovlar orqali ko‘tarilgan masalalarning aksariyati ijobiy hal etilgani deputat nazoratining aholi muammolarini bartaraf etishdagi amaliy ahamiyatini yana bir bor namoyon etmoqda. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 🇺🇿 Xalq
deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi
 

Slide 1 of 2