Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat so‘rovi ijrosi nazoratda

               Jalaquduq tumani Abdulabiy MFY hududida joylashgan paxta tozalash punkti ichidagi suv bashnyasining bugungi holati jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Mazkur inshootning tanasi chirigan bo‘lib, tez-tez nosozliklar yuz bermoqda. Bu esa aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifati va uzluksizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozirdaushbusuvbashnyasidan 150 taxonadonfoydalanibkelmoqda.
Ushbuholataholisalomatligiuchunxavftug‘dirishi
hamda sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasligi ehtimoli mavjud. Mazkur masala yuzasidan deputat N. Abdumo‘minova tomonidan tegishli so‘rov yuborildi. So‘rov doirasida quyidagilar so‘raldi: Suv bashnyasining texnik holatini o‘rganish; Holat yuzasidan tegishli xulosa taqdim etish; Zarurat bo‘lsa, mavjud suv bashnyasini yangisiga almashtirish choralarini ko‘rish; Aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.  

Slide 1 of 3