✅“Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat” shiori ostida aholining salomatlik darajasini yuksaltirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida keng ko‘lamli tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda. Deputat Yakkamulla qishlog‘idagi Oilaviy shifokorlik poliklinikasida bo‘lib o‘tgan ana shunday tibbiy ko‘rik jarayonlarida ishtirok etdi.
✅OShP faoliyatini o‘rganish davomida deputatga shifokorlar jamoasi murojaat bilan chiqdilar: dori-darmonlar uchun xonalarga shkaflar zarurligi hamda nogironligi bor, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun pandus - nogironlar aravachasi yuradigan yuqoriga olib chiquvchi yo‘lak qilinishida amaliy yordam so‘raganlar. Murojaatlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi rahbariyatiga deputat so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi