Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
#Doimiy_komissiya_faoliyati

#Doimiy_komissiya_faoliyati 

Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi boshlig‘i M.Burxonovning tumanda sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash, yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi epidemiologik vaziyat, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi, aholi o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik darajasi chuqur tahlil qilinib, mavjud holat yuzasidan aniq xulosalar va takliflar ishlab chiqildi.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tizimli choralarni belgilash maqsadida ushbu masala Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 3