Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi axborot texnologiyalari yo‘nalishida xizmat qilayotgan barcha soha mutaxassislarini, dasturchilarni, aloqa xodimlari va muhandislarni bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
⏺Sizning mehnatingiz — taraqqiyot poydevori:
▶️So‘nggi yillarda davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohalarni raqamlashtirish, aholi uchun elektron xizmatlarni oson va qulay qilish, zamonaviy platforma hamda mobil ilovalarni hayotga tatbiq etishda sizlarning hissangiz beqiyosdir.
🤝Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi-yangi zafarlar tilaymiz! Raqamli dunyoda olib borayotgan ishlaringiz yurtimiz ravnaqiga xizmat qilaversin.
🫥Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz soha xodimlari!