Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich “Said ota” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi ishlar tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, 2 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan, 15 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan. Yil boshidan buyon 10 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit ajratilgan, 26 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shuningdek, 3 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mikroloyihalar yo‘lga qo‘yilib, amaliy faoliyat boshlangani qayd etildi. Uchrashuv yakunida MFY raisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.  

Slide 1 of 4