35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#deputatlik_faoliyati

#Deputat_nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 666-sonli "Tashabbusli budjet ("Ochiq budjet") jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

📍Xalq deputatlar Nurafshon shahar Kengashi 1- saylov okrugidan saylangan deputat O.Gulamov nomidan Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibyat xodimlari tomonidan birgalikdalar Nurafshon shahardagi "Qumariq" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.

🔷Ishchi guruh mazkur qaror ijrosi doirasida "Qumariq" mahallasida aholi tashabbusi bilan g‘olib deb topilgan va amalga oshirilgan ichki yo‘llarni asfaltlash ishlarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

📌O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratildi:

-Yotqizilgan asfalt qoplamasining qalinligi, tekisligi va texnik talablarga qay darajada javob berishi;
- Ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda rejalashtirilgan masofaning to‘liq qamrab olinganligi;

🖇"Ochiq budjet" doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning sifatli yakunlanishi va har bir hududda xalq manfaatlarining to‘liq ta’minlanishi deputatlar nazoratida bo‘lishi takidlandi

Slide 1 of 2