35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #xorijiy_investitsiyalar #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

📌 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Xasanjon Qodirov ham ishtirok etdi.

➡️ Mazkur yig‘ilshda Joriy yilning yarim yilligida Toshkent shahrining eksport salohiyatini oshirish, hududiy investitsiya dasturlari bajarilishi, shuningdek, Toshkent shahrida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini o‘rganish va natijasi yuzasidan muhokama qilish haqidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari – Shukurov Otabek Vaxobjonovich axborot berdi. Kun tartibidagi mazkur masala deputatlar tomonidan o'rganilib atroflicha muhokama qilindi.

⬇️ Shuningdek yig‘ilishda Joriy yilning yarim yilligida Toshkent shahrining turizm salohiyatini yaxshilash, jumladan hududning turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlar ijrosini o‘rganish va natijasini muhokama qilish haqidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Allanov Zafarjon Abdimuratovich komissiya a'zolari hisobot berdi. Mazkur masala ham keng yig'ilish qatnashchilari tomonidan keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Yakunda kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha o'rganildi hamda chuqur tahlil qilinib navbatdagi sessiyaga kiritildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10