35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazgan saylovchilar bilan uchrashuvlari va joyiga chiqib olib borgan o‘rganishlari davomida Jumhuriyat ko‘chasi 5-uyini ta’mirlash masalasida fuqarolar tomonidan murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J.Mirzayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Jumhuriyat ko‘chasi 5-uydagi mavjud holatni joyiga chiqib o‘rganish, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda ushbu masala yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlar va ularning amalga oshirish muddatlari haqida asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2