Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат худудларда
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутатлик одоб-ахлоқи масалалари таҳлили
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТУМАН ҲОКИМИ ВА КЕНГАШ РАИСИ САЙЁР ҚАБУЛИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЧИҚИНДИЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ОЛИБ ЧИҚИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ УЧРАШУВИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗДИ
янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди
📌 “Belariq” mahallasida "Sumalak sayli" ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda

📌 “Belariq” mahallasida "Sumalak sayli" ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda 

Bugun “Belariq” mahalla fuqarolar yig‘inida milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan “Sumalak sayli” katta shodiyona bilan nishonlanmoqda.

Mazkur bayram tadbirida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 18-Belariq saylov okrugi deputati Mirkasimov Djasur Alisherovich, mahalla nuroniylari, mahalla fuqarolari hamda yoshlar faol ishtirok etmoqdalar.

Tadbir davomida deputat Mirkasimov Djasur Alisherovich aholi bilan samimiy muloqot qilib, barchani ushbu qadimiy va qadrli an’ana bilan muborakbod etdi.

Mahalla aholisi bayramdan mamnun bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyatda vaqt o‘tkazmoqda. Sumalak atrofida yangragan qo‘shiqlar, samimiy suhbatlar va ezgu tilaklar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.

Milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz xalqimizning boy ma’naviy merosi hisoblanadi. Bunday tadbirlar esa ushbu bebaho merosni ulug‘lash, uni yosh avlodga yetkazish va mahallada mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1