NURONIYLAR UCHUN EZGU AN’ANA — SAMARQANDGA ZIYORAT
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S. Ikromov tomonidan o‘zi saylangan Sabzipoya MFY hududidagi nuroniy va keksalarni Samarqand shahriga ziyoratga yuborish tadbiri tashkil etildi.
E’tiborlisi, bunday ezgu tashabbus deputat S. Ikromov tomonidan har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda. Bu esa mahalladagi keksalarga bo‘lgan hurmat va e’tiborning amaliy ifodasidir.
Ziyorat davomida nuroniylar Samarqandning tarixiy va muqaddas qadamjolarini ziyorat qilib, ma’naviy hordiq chiqarishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi. Keksalarga Sabzipoya MFY raisi hamrohligida xizmat ko‘rsatilmoqda.
Bunday xayrli tashabbuslar keksalarni e’zozlash, ularning duosini olish, mahallada mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Nuroniylar e’zozda, ularning duosi — yurtimizga fayz-u baraka