IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 19-Qoraxon saylov okrugi deputati G. Baxramova tomonidan o‘zi saylangan Qoraxon MFY hududida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 5-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va zarur yordamlarni tashkil etish samaradorligiga e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.