Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

YOSHLAR BANDLIGI VA ULAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

YOSHLAR BANDLIGI VA ULAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A. Avliyakulov saylangan M. Eshtemirov MFY hududida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 1-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mutaxassis T. Murodov tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holatiga e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2