#24_ta_masala
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
👥 FHDYO bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F.Shermuxamedova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi doirasida Sherobod tumani FHDYO bo‘limiga tashrif amalga oshirildi.
📌 Tashrif davomida FHDYO bo‘limining faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, murojaatlar bilan ishlash jarayoni hamda xizmatlar sifatini yanada yaxshilash borasidagi ishlar bilan tanishildi.
🤝 Shuningdek, fuqarolarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni qonuniy tartibda hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Tashrif yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube