Янгиликлар

Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati N.Xaitqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan Uyg‘ur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar uchun yaratilgan sport sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi sport inshootlari va maydonchalarining holati, ulardan aholining foydalanish imkoniyatlari hamda bolalarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Sport maydonlaridan foydalanayotgan bolalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlari, qaysi sport turlariga ko‘proq qiziqish bildirishlari hamda mavjud sport inshootlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan taklif va istaklari tinglandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2