Янгиликлар

Qumqo‘rg‘onda ekoturizmni rivojlantirish yo‘lida yangi loyihalar

O‘rganish davomida hududda ekoturizm yo‘nalishini rivojlantirish, sayyohlar va mahalliy aholi uchun zamonaviy hamda qulay dam olish maskanini barpo etish borasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur loyiha hududning tabiiy salohiyatidan samarali foydalanish, turizm xizmatlarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalliy aholining daromadlarini oshirish uchun muhim imkoniyatlardan biri sifatida qayd etildi.

Shuningdek, ekoturizm kompleksida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifatli tashkil etilishi, hududning tabiiy landshaftini asrab-avaylash hamda kelgusida tashrif buyuruvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qumqo‘rg‘on tumanida turizm salohiyatini yuksaltirish va yangi sayyohlik maskanlarini barpo etish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6