Deputat mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda ko‘chama-ko‘cha yurib, xonadon egalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi. Suhbatlar davomida mahalladagi mavjud muammolar, ko‘chalar va xonadonlar atrofini obodonlashtirish, tozalik va tartibni ta’minlash, aholi uchun munosib yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda mavjud muammolarni mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Ayniqsa, har bir xonadon, har bir ko‘cha va mahalla obodligiga e’tibor qaratish, aholining bu jarayondagi faol ishtirokini ta’minlash “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” tamoyilining mahallalardagi amaliy ifodasidir.
🤝 Obodlik va farovonlik — hamjihatlik va birdamlikdan boshlanadi.