Янгиликлар

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” — obodlik va farovonlik sari

O‘rganish davomida mahallaning sanitariya va obodonlashtirish holati, ko‘chalar va hududlarni tartibga keltirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hududning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, ko‘chalarni obodonlashtirish, tozalik va tartibni ta’minlash, aholi xonadonlari va mahalla hududlarini namunali holatga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” tamoyili asosida olib borilayotgan bunday amaliy ishlar mahallalarda obodlikni ta’minlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuv va o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish hamda ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi

Slide 1 of 4