Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan 17-“Marg‘ilon darvozasi” saylov okrugi hududidagi “To‘xlimergan” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan ishlar holati o‘rganildi.
Hududni obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini tashkil etish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi