#24_ta_masala
📌 24 yo‘nalish doirasida o‘rganish olib borildi
🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-“G‘o‘rin–Hakimobod” saylov okrugi deputati Y. Shoymanov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Hakimobod” mahallasida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida A. Shaymanovning faoliyati o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar bilan muloqotlar hamda mahalladagi mavjud masalalarni hal etish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlash va mavjud muammolarni joyida o‘rganish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Deputatlik faoliyatining samaradorligi — aholi bilan yaqin muloqot va amaliy ishlar bilan chambarchas bog‘liq.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram