#24_ta_masala
#Deputatlik_nazorati
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 1-Bandixon saylov okrugidan saylangan deputat X. Abdimo‘minov tomonidan “Bandixon” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari hamda tutash hududlarining tozaligi, obodonlashtirilishi va yoritilishi holati o‘rganildi.
🔹 O‘rganishlar davomida ko‘p qavatli uylar hududidagi yo‘llarni tartibga keltirish, ariqlarni tozalash, yashil hududlarni kengaytirish hamda umumiy infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
✅ Deputatlik nazorati — hudud obodligi va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.