Fuqarolar o‘z muammolari, taklif va murojaatlari bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlariga murojaat qilishlari mumkin.
Deputatlar murojaatlarni o‘rganib, zarur hollarda masalani joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqadi.
Murojaat natijasiga ko‘ra:
tegishli tashkilotlarga murojaat qilinadi;
deputatlik taklifi yoki so‘rovi kiritiladi;
mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim izlanadi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.