35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#deputatlik_faoliyati#seminar

🟦🟦🟦
📌 MAHALLALARDA AHOLI BILAN ISHLASHNI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Bugun Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylov okruglaridagi mahallalarda aholi bilan ishlashini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

🔹 Seminarda aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, mahallalardagi muammolarni joyida o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🔹 Shuningdek, deputatlarning aholi, “mahalla yettiligi”, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar bilan tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish, aniqlangan muammolarni tegishli Kengash muhokamasiga olib chiqish hamda ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

💻 Mazkur seminarda xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, Kengash kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tuman Kengashi deputatlari Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.

🤝 Seminar davomida ilgari surilgan tavsiya va takliflar mahallalarda aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar murojaatlarini manzilli o‘rganish va ularning muammolarini hal etishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4