Янгиликлар

YOSHLARNING MUAMMOLARI IJOBIY NATIJAGA YO‘NALTIRILDI

Bugun Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E. Karimov “Tinchlik” MFYda fuqarolar va yoshlar qabuli o‘tkazdi.

Qabul davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan 30 nafardan ziyod fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, 28 ta murojaat tinglandi.

Murojaatlarning aksariyatiga joyida amaliy yechimlar ko‘rsatildi. Jumladan:
1 nafar yosh ishga joylashtirildi;
1 nafar yoshga subsidiya asosida noutbuk olib berildi;
kredit masalasidagi murojaat ijobiy hal etildi;
nogironligi bo‘lgan yoshning suzish bo‘yicha mashg‘ulotlari bepul tashkil etildi;
yoshga sog‘lig‘ini tiklash uchun amaliy yordam ko‘rsatildi;
yana bir yoshning kontrakt to‘lovini amalga oshirishiga ko‘maklashildi.

Vaqt talab etadigan ayrim murojaatlar esa tegishli tashkilot va mas’ullarga yo‘naltirildi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolar, ayniqsa, yoshlar muammolarini bevosita joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4