O‘rganish davomida Ijtimoiy reyestrda bo‘lgan oilalar bilan ishlash, ularning daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Aholining daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini ta’minlash — doimiy e’tiborda.