35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#ko'cha_boshi_bilan_uchrashuv
📍 “Dehqonariq” mahallasida muloqot o‘tkazildi


Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi Kotibiyati mudiri, 6-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Boyqulov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazrov “Dehqonariq” mahallasida mahalla ko‘cha boshlig‘i Q.Safarov bilan muloqot o‘tkazdi.

🤝 Muloqot davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolar hamda hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda muammolarni manzilli o‘rganish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

📌 Muloqot yakunida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda o‘rganib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2