35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#ish_reja_ijrosi
#oylik_ish_rejasi
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
19¹-modda
📌 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-“Tallashqon” saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan “Bog‘iobod” mahallasida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi namunaviy mahallalarni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratiga olindi.

🏗 O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, obodonlashtirish jarayoni hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishi, mahalla aholisi uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4